» » Shavkat Mirziyoyev Investitsiya dasturini amalga oshirishga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Investitsiya dasturini amalga oshirishga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 4-avgust kuni 2017-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan yirik va muhim ahamiyatga ega investitsiya loyihalarini amalga oshirish va yil yakuni bo‘yicha kutilayotgan natijalar, shuningdek, davlat rahbarining Andijon viloyati va Toshkentning Chilonzor tumaniga tashriflari chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining rasmiy veb-sayti ma’lum qildi.

Yig‘ilishda bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning Davlat maslahatchilari, tegishli vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi. Videokonferensiya aloqasi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari, korxonalar rahbarlari, tadbirkorlar va investorlar qatnashdi.

2017-yilgi Investitsiya dasturiga muvofiq, joriy yilda 552 loyiha doirasida 7,2 milliard AQSh dollarini o‘zlashtirish va 67 yirik loyihani amalga oshirish belgilangan. Jumladan, 2017-yilning o‘zida umumiy qiymati 2,4 milliard dollarga teng 170 loyiha (16 tasi yirik loyiha) ijrosi yakuniga yetkaziladi.

Faol investitsiya siyosatini izchil davom ettirish natijasida o‘tgan 7 oyda 32 loyiha ijrosi yakunlandi, yil oxirigacha yana 138 loyihani amalga oshirib, obyektlarni ishga tushirish yuzasidan barcha zaruriy chora-tadbirlar belgilandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat miqyosida va joylarda ayrim rahbarlar investitsiya loyihalarini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal etish va ularni kafolatlangan moliyaviy manbalar bilan ta’minlashga yuzaki, mas’uliyatsizlik bilan yondashayotganiga e’tibor qaratdi.

O‘tgan 7 oy mobaynida 27 loyiha bo‘yicha mablag‘larni o‘zlashtirish rejadan ortda qolayotgani, 8 loyiha bo‘yicha hujjatlar haligacha tasdiqlanmagani kabi tanqidiy misollar keltirildi.

Davlat rahbari ta’kidlaganidek, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan asosiy kamchiliklarga tegishli hujjatlar puxta ishlab chiqilmagani, ko‘plab rahbarlar tegishli tarmoqlar va sohalar kelajagi to‘g‘risida muayyan tasavvurga ega emasligi, ya’ni o‘zi boshqarayotgan sohaning bir necha yildan keyingi rivojlanish istiqboli haqida aniq hisob-kitob yuritmayotgani sabab bo‘layotganini qayd etdi.

Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari va hududiy hokimliklar rahbarlariga investitsiya loyihalari ijrosi ustidan haftalik nazoratni yanada kuchaytirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish va kamchilikka yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxslar faoliyatini baholash yuzasidan ko‘rilayotgan aniq choralar to‘g‘risida har oy yakunida hisobot berib borish vazifasi topshirildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-08-2017, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют