» » Venesuela harbiylari mamlakat bosh prokuraturasi binosini qamalga oldi

Venesuela harbiylari mamlakat bosh prokuraturasi binosini qamalga oldi


Venesuelada Milliy gvardiya bo‘linmalari mamlakat bosh prokuraturasi binosini qurshab oldi. Hodisa joyidan olingan fotosuratlarni mamlakat bosh prokurori Luiza Ortega Twitter’dagi sahifasida e’lon qildi.

Nacional nashrining yozishicha, Venesuela bosh prokuraturasiga mahalliy vaqt bilan tong soat 6:00 da (Toshkent vaqti bilan 15:00 da) formadagi shaxslar kelgan. Ular binoni qurshab olib, xodimlarning ichkariga kirishiga yo‘l qo‘ymagan.

Ortega harbiylarning bu harakatlarini qoralagan. “Bosh prokuraturaning qamal qilinishini qoralayman. Men o‘zbilarmonchilik harakatlari haqidagi ma’lumotlarni nafaqat mamlakat ahliga, balki jahon jamoatchiligiga ham yetkazaman”, — deb yozdi u.

Harbiylarning bu harakatini Amerika davlatlari tashkiloti (ADT) bosh kotibi Luis Almagro ham tanqid qildi. U bu holatni “huquqning qo‘pol ravishda buzilishi” deb atadi. “Biz Venesuela bosh prokuraturasiga nisbatan kuch ishlatilishini qoralaymiz”, — deb yozdi Almagro Twitter’dagi sahifasida.

Venesuela bosh prokuraturasi 4-avgust kuni saylovi mamlakat hukumati tomonidan o‘tkazilgan Venesuela Konstitutsiyaviy assambleyasi faoliyatini to‘xtatishni talab qilgan edi. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, saylov davomida bir qator qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Venesuela Konstitutsiyaviy assambleyasi mamlakat prezidenti Nikolas Maduroga muxolifat kayfiyatidagi parlament o‘rnini egallashi lozim. Assambleya mamlakat Konstitutsiyasini o‘zgartirish huquqiga ega. Yangi organga saylovlar 30-iyul kuni bo‘lib o‘tgan, 4-avgust kuni esa u o‘z faoliyatini boshlagan.

Konstitutsiyaviy assambleyaning tashkil etilishi muxolifat tomonidan ommaviy norozilik namoyishlari bilan kutib olindi, namoyishlarni tarqatish uchun hukumat xavfsizlik kuchlaridan foydalandi. 30-iyuldagi namoyishlar davomida portlash yuz berib, oqibatda bir necha politsiyachi jarohatlandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-08-2017, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют