» » Ruandaga 17 yildan beri prezidentlik qilayotgan Pol Kagame yangi muddatga saylandi

Ruandaga 17 yildan beri prezidentlik qilayotgan Pol Kagame yangi muddatga saylandi


Ruanda davlat rahbari Pol Kagame navbatdagi prezident saylovida 98,6 foiz ovoz to‘plabi, yangi muddatga qayta saylandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Pol Kagame 98,63 foiz ovozni qo‘lga kiritib, saylovda g‘olib chiqdi”, — deya ma’lum qildi Milliy saylov komissiyasi rahbari Kalisa Mbanda.

Shunday qilib, Kagame yana yetti yil davomida mamlakatga rahbarlik qiladi.

Associated Press’ning qayd etishicha, 2015-yilgi konstitutsiyaviy islohot Kagamening 2034-yilga qadar hokimiyat tepasida qolishiga imkon beradi.

Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, Ruanda xalqi mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish uchun Kagamega minnatdorlik bildiradi, biroq huquq himoyachilarining fikricha, prezident “muxolifatning ovozini o‘chirish uchun barcha vositalarni ishga soladi”.

Ma’lumot uchun, Pol Kagame 2000-yildan beri Ruandaga prezidentlik qilib keladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-08-2017, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют