» » IShID ta’siriga tushgan ota-onasi Iroqqa olib ketgan 48 nafar rossiyalik bolaning hozircha faqat bir nafari vataniga qaytarildi

IShID ta’siriga tushgan ota-onasi Iroqqa olib ketgan 48 nafar rossiyalik bolaning hozircha faqat bir nafari vataniga qaytarildi


Avval xabar berilganidek, Mosulda ota-onasi IShIDga olib ketgan kamida 48 nafar rossiyalik bola bor, deb yozadi Meduza. Ko‘pchiligining ota-onasi halok bo‘lgan. Bolalar o‘zlari haqida deyarli hech narsa aytib berolmaydi. Ularning ba’zilari rus tilida, boshqalari faqat chechen tilida gapiradi. Bolalarni uyiga qaytarish uchun ular Rossiya fuqarolari ekanligini tasdiqlash kerak.

Bolalarni Rossiyaga qaytarish bilan shug‘ullanayotgan, asli chechenistonlik bo‘lgan iordaniyalik siyosatchi Samih Beno aytishicha, ularni Iroqdan dastlab Iordaniyaga keltirishadi. Ularning hujjatlari bo‘lmagani sababli, bolalardan DNK namunasi olinadi.

Samih Beno Iroq parlamenti a’zosi doktor Nadiya Juburi WhatsApp’da yarador qizchaning suratlarini tarqatgach, bolalarni qidirishga kirishgan. U Rossiyada qizchaning buvisini topishga muvaffaq bo‘lgan. Hozir u Bag‘doddagi kasalxonada yotibdi.

WhatsApp’da, shuningdek, otasi asirga olingan o‘g‘il bola aks etgan video ham tarqalgan. Uni onasi, chechenistonlik ayol tanib qoldi. 2015-yilda uning sobiq eri bolasini Suriyaga, u yerdan Iroqqa olib ketgan. Ikki yil davomida ular haqida hech narsa eshitmagan. 2-avgust kuni 4 yoshli bolakay Ramzan Qodirov ko‘magi bilan Rossiyaga qaytgan.

Checheniston rahbari ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik bolalar nafaqat Mosulda, balki Bag‘dodda ham bor. Bag‘dod yetimxonalarida rossiyalik 35—40 nafar bola bor, dedi Qodirov. Ko‘pchilik bolalarning hujjatlari yo‘q, chunki ular IShIDning o‘zida tug‘ilgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-08-2017, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют