» » GM Uzbekistan fosh etilgan firibgarlikdan so‘ng, avtomobillarni sotish tizimini takomillashtirmoqchi

GM Uzbekistan fosh etilgan firibgarlikdan so‘ng, avtomobillarni sotish tizimini takomillashtirmoqchi


GM Uzbekistan xodimining firibgarligi fosh bo‘lganidan so‘ng, kompaniya avtomobillarni sotish tizimini takomillashtirishga qaror qildi. Bu haqda GM Uzbekistan rasmiy saytida axborot berildi.

“4-avgust kuni ‘O‘zavtosanoat’ AJda dilerlik korxonalari rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan majlis o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va Bosh prokuratura vakillari qatnashdi”, — deyiladi xabarda.

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra ishchi guruh tuzildi, unga avtomobillarni sotish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. Avtomobillarni sotish tizimi, xususan, dilerlik korxonalarining texnik ta’minlanganlik darajasini oshirish, ish jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, avtomobillar savdosi tizimining shaffofligini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan ishlarni davom ettirish yo‘llari bilan takomillashtiriladi.

Tashkiliy choralar kompleksi doirasida, shuningdek, dilerlik korxonalari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish, ishchilar, birinchi navbatda, bevosita majburiyatlariga avtomobillarni yakuniy iste’molchiga sotish kiradigan ishchilar tarkibini qayta ko‘rib chiqish va uni kuchaytirish rejalashtirilmoqda.

Avvalroq GM Uzbekistan Ikkinchi jahon urushi faxriylari nomiga berilgan sertifikatdan foydalanish orqali GM Uzbekistan AJ avtomobillarini sotishda firibgarlik bilan shug‘ullangan “Sirdaryoavtotexxizmat” MChJ xodimi Abdumurod Haqberdiyevning qo‘lga olinishi haqidagi xabar yuzasidan axborot bergan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-08-2017, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют