» » Qishloq va suv xojaligi vazirligiga yangi vazifalar yuklatildi

Qishloq va suv xojaligi vazirligiga yangi vazifalar yuklatildi


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Respublikasi Qishloq va suv xojaligi vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida farmon imzoladi, deb yozadi Gazeta.ru.

Hujjatga muvofiq, vazirlik sohani kompleks tarzda modernizatsiya qilishga, ilm-fan va texnika muvaffaqiyatlarini, resurslar va suvni tejovchi zamonaviy agrotexnologiyalarni, qishloq va suv xojaligi sohasidagi ilgor mahalliy va xorijiy tajribani joriy qilishga qaratilgan yagona agrotexnik va suv xojaligi siyosatini amalga oshiradi.

Muassasa qishloq xojaligining dinamik va muvozanatlashgan taraqqiyotini, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini taminlash, qishloq aholisi bandligi va daromadini oshirish, ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxini barqaror darajada saqlab turishga qaratilgan kompleks maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlarni ishlab chiqadi.

Qishloq va suv xojaligi vazirligi qishloq xojaligi sohasiga xorijiy investitsiyalarni va texnik komak mablaglari (grantlar)ni jalb qiladi, shuningdek, ularning samarali tarzda qollanilishini taminlaydi.

Prezident farmoni bilan Ozbekiston Respublikasi Qishloq va suv xojaligi vazirligi huzurida Qishloq va suv xojaligida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish markazi ochilmoqda.

Ozbekiston Prezidenti Ozbekiston Respublikasi Qishloq va suv xojaligi vazirligini ijtimoiy rivojlantirish va ragbatlantirish jamgarmasini Ozbekiston Respublikasi Qishloq va suv xojaligi vazirligi moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish va ishchilarini ragbatlantirish jamgarmasiga aylantirdi.

Daryo yangiliklarini Facebookda kuzatib boring

: admin (6-08-2017, 11:12)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 11) ( 0) ( 8) ( 3)
:
-
:
20 ... -