» » Anvar Boynazarov tailandlik taybokschini yengib, EM-Legend yarim finaliga yo‘l oldi

Anvar Boynazarov tailandlik taybokschini yengib, EM-Legend yarim finaliga yo‘l oldi


Yakkakurashning K-1 yo‘nalishida muvaffaqiyatli odimlayotgan o‘zbekistonlik Anvar Boynazarov Xitoyda boshlanib, yakuniy bosqichi Tailandga ko‘chgan EM-Legend turnirida yarim final chiptasini qo‘lga kiritdi.

Pxuket shahrida bo‘lib o‘tgan chorak finalda u mezbon jangchi — tailandlik Narong bilan jang qildi va raqibini mag‘lub etdi. “Olamsport” nashrining xabar berishicha, 65 kilogramm vazngacha bo‘lgan sportchilar to‘qnashuvida Boynazarov raqibini ikki raunddayoq taslim qila olgan.

Muxlislar orasida The Uzbek laqabi bilan tanilayotgan Anvar Boynazrov oldindagi bir oy ichida yarim final jangini o‘tkazishi kerak. Uning bu boradagi raqibi yaqin kunlar ichida aniq bo‘ladi.

Karyerasi davomida 120 ga yaqin jang o‘tkazgan Anvar Boynazarov sentabr oyida Toshkentda ham jang qilishi rejalashtirilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-08-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют