» » 9 yoshli amerikalik bola NASA’ga ishga kirish e’loniga javob yozdi

9 yoshli amerikalik bola NASA’ga ishga kirish e’loniga javob yozdi


Amerikalik 9 yoshli Jek Devis NASA agentligida bo‘sh ish o‘rni mavjudligi haqidagi e’longa ariza yubordi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

E’londa aytilishicha, NASA’ga fizika bo‘yicha umumiy bilimlarga ega mutaxassis talab etiladi. Maosh yiliga 124,4–187 ming dollarni tashkil qiladi.

“Mening ismim Jek Devis, men sayyora himoyachisi lavozimi uchun ariza bermoqchi edim. Men 9 yoshdaman, ammo o‘zimni bu ishga yaroqli deb hisoblayman”, — deyiladi ariza matnida.

Devis NASA’ga murojaat qilish uchun sabablari yetarli ekanligini isbotlashga urindi:

“Opam meni o‘zga sayyoralik deb ataydi, men fazo va o‘zga sayyoraliklar haqidagi barcha filmlarni tomosha qilganman. Shuningdek, men Marvel qahramonlari shousini ko‘rganman, ‘Qora libosdagi odamlar’ filmini ko‘rishga umid qilmoqdaman. Videoo‘yinlarni yaxshi o‘ynayman. Men yoshman, o‘zga sayyoraliklarday fikrlashni oson o‘rganaman”.

NASA sayyoraviy fanlar departamenti direktori Devid Grin bolaning maktubiga shaxsan javob yozdi.

“Biz doimiy ravishda umidli olimlar va muhandislarni qidiramiz, shu bois, umid qilamanki, sen maktabda sidqidildan o‘qiysan. Bir kuni sen bilan NASA’da uchrashishga umid qilib qolaman”, — deyiladi uning javobida.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-08-2017, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют