» » The Rolling Stones gitarachisi Ronni Vud o‘pka saratoniga chalinganini ma’lum qildi

The Rolling Stones gitarachisi Ronni Vud o‘pka saratoniga chalinganini ma’lum qildi


Britaniyaning mashhur The Rolling Stones rok guruhi gitarachisi Ronni Vud o‘pka saratoniga chalinganini tan oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

70 yoshli musiqachi uzoq vaqt davomida bu tashxisni yashirib keldi va hatto kimyoterapiya kursidan voz kechdi.

“Men o‘pka saratoniga qarshi kurashdim. Bir hafta barchasi qil ustida turgan edi, bu parda tushadigan, alvido deydigan paytday edi”, — dedi u.

O‘pka saratoni uch oy muqaddam rejali tibbiy ko‘rik chog‘ida aniqlandi.

“Men yomon xabarlarga tayyor edim, lekin barchasi yaxshi bo‘lishiga ishonayotgandim”, — so‘zida davom etdi sozanda.

Shu paytgacha uning xastaligidan faqat 39 yoshli rafiqasi Salli Xamfris boxabar edi.

Vud sochlarini yo‘qotmaslik uchun kimyoterapiyadan voz kechganini aytdi. Ammo shifokorlar o‘simta tarqalmayotganini aniqlagach, bunga ehtiyoj bo‘lmadi va erkak operatsiyadan o‘tkazildi.

“Operatsiya oldidan shifokorga qarab: ‘Jang boshlansin!’ dedim”, — deb esga oldi o‘sha kunlarni Ronni Vud.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-08-2017, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 53) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют