» » Pekin metrosida magnit taglikli poyezdni sinovdan o‘tkazish boshlandi

Pekin metrosida magnit taglikli poyezdni sinovdan o‘tkazish boshlandi


Xitoy poytaxti Pekin metropolitenida bugun, 7-avgust kuni shahardagi birinchi magnit taglikli poyezd sinovi boshlandi, deb yozadi “TASS”.

Xitoy Markaziy televideniyesi xabariga ko‘ra, bunday poyezd metroning S1 tarmog‘i bo‘ylab qatnaydi.

Magnitli levitatsiya texnologiyasi bo‘yicha qurilgan temir yo‘l polotnosining birinchi bo‘lagi uzunligi 10 kilometrni tashkil etadi. Yo‘l Shitszinshan tumanidagi Pingoyuanchjan bekatidan boshlanib, Mentougou okrugidagi Shichanchjan bekatida tugaydi.

Loyiha hujjatlariga ko‘ra, poyezd harakatining maksimal tezligi soatiga 100 kilometrga yetadi. Har bitta vagon 150 kishini sig‘dira oladi. Sinash ishlari qachongacha davom etishi noma’lum.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (7-08-2017, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют