» » Xitoy tashqi ishlar vaziri: Pxenyan Seulning muloqotni tiklash haqidagi taklifini to‘liq ravishda rad etmadi

Xitoy tashqi ishlar vaziri: Pxenyan Seulning muloqotni tiklash haqidagi taklifini to‘liq ravishda rad etmadi


KXDR tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo janubiy koreyalik hamkasbi Kan Gyon Xvaning ikki mamlakat o‘rtasidagi muloqotni qayta tiklash haqidagi taklifini to‘liq ravishda rad etmadi. Bunday fikrni Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van I Maniladagi ASEAN tadbirlari doirasida bildirib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.

“Umid qilamizki, bu mamlakatlar ikki tomonlama aloqalarni yaxshilay oladi. Buning ustiga, KXDR tashqi ishlar vaziri janubiy koreyalik hamkasbining taklifini to‘liq ravishda rad etmadi”, — dedi Van I Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya delegatsiyalari muzokaralarini izohlar ekan.

Avvalroq KXDR tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo Manilada janubiy koreyalik hamkasbi Kan Gyon Xva bilan uchrashib, Seulning ikki mamlakat munosabatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarini rad etgani xabar berilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-08-2017, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют