» » Urganchda o‘z tomorqasida nasha yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi

Urganchda o‘z tomorqasida nasha yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi


Yaqinda Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tezkor vakillari tomonidan ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda Urganch tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida o‘z tomorqasida nasha yetishtirgan shaxs fosh etildi. Bu haqda Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Chakkasholikor qishlog‘ida yashovchi fuqaro D.Madrahimovning xonadoni amaldagi tartiblarga muvofiq va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hovlidagi tomorqada 11 tup kannabis o‘simligi “barq” urib o‘sayotganligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davomida aniqlangan mazkur narkotik giyohlarning umumiy og‘irligi salkam 1,7 kg ni takshil qildi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro D.Madrahimovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 270-moddasining 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi fuqarolardan shunga o‘xshash holatlar haqida  (0362) 224-59-20 raqamli ishonch telefoniga murojaat etishlarini so‘rab qoldi. Ma’lumot bergan shaxslarning ism-shariflari sir saqlanishi kafolatlanadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-08-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют