» » Fotogalereya: Curiosity’ning Marsdagi besh yili

Fotogalereya: Curiosity’ning Marsdagi besh yili


Curiosity marsoxodi 2012-yil 6-avgustda Marsga yetib borgan bo‘lib, NASA tomonidan sayyoraga uchirilgan o‘n to‘qqizinchi kosmik qurilmadir. Uning asosiy vazifasi Marsda hayot uchun munosib sharoitlar bor yoki yo‘qligini aniqlash, sayyora geologiyasi va iqlimi haqida ma’lumotlar to‘plash, insonning Marsga qo‘nishi uchun maydonchalar hozirlashdan iborat, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Uch metrli marsoxodning og‘irligi 899 kilogramm va u soatiga 144 metr tezlikda harakatlanadi. Unga kameralar, masofadan turib tadqiqot o‘tkazish vositalari, spektrometr, tuproqdan namuna olish uchun kovsh hamda meteorologik uskunalar jamlanmasi o‘rnatilgan.

Mars yuzasidagi atrof-muhitni o‘rganishi uchun u jami bo‘lib 10 ta ilmiy qurilma va suratga olish ishlarini bajarishi uchun 17 ta rangli hamda oq-qora kameralar bilan jihozlangan.

Curiosity Marsga qo‘nganidan beri 16 kilometr masofa bosdi va Sharp tog‘i qiyaligi bo‘ylab 165 metr balandlikka ko‘tarildi.

U qadimiy suv izlarini, Mars tuprog‘ining tarkibini aniqladi va tarixda birinchi bor Mars yuzasini burg‘alab, qattiq tuproq namunalarini qo‘lga kiritdi. Marsoxodning faoliyati Yerdagi 400 ziyod mutaxassis tomonidan ta’minlab turiladi.

Missiya ikki yilga mo‘ljallanganiga qaramay, marsoxod Qizil sayyoradagi ishini hamon davom ettirmoqda. U yangi namunalarni aniqlab, Yerga Mars landshaftining yangidan-yangi suratlarini yo‘llamoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-08-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют