» » Tramp o‘z ta’tilini Nyu-Jersidagi golf-klubida o‘tkazmoqda (foto)

Tramp o‘z ta’tilini Nyu-Jersidagi golf-klubida o‘tkazmoqda (foto)


AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining 17 kunlik “ish ta’tili”ni Nyu-Jersi shtati Bedminster shaharchasidagi Trump National Golf Club golf-klubida o‘tkazmoqda, deb xabar beradi Forum Daily.

Tramp bu yerni 2002-yilda avtomobil kompaniyalaridan biriga egalik qiluvchi Jon Delorendan 35 million dollarga sotib olgan.

Bedminster — 9 mingga yaqin odam istiqomat qiladigan kichik shaharcha. Bu yerda tartibni saqlash uchun 16 nafar politsiya ofitseri xizmat qiladi.

Tramp 216 gektar maydonni egallagan ushbu golf-klubni 2004-yilda ochgan.

Klubga a’zo bo‘lishning yillik badali 350 ming dollar bo‘lib, u AQShdagi eng yaxshi klublardan biri hisoblanadi.

2017-yil ushbu klubda ayollar o‘rtasidagi US Open chempionati o‘tkazilgan bo‘lib, tadbirda shaxsan Trampning o‘zi ham qatnashgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-08-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 77) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют