» » O‘zbekiston aholisi soni 32,3 mln kishidan oshdi

O‘zbekiston aholisi soni 32,3 mln kishidan oshdi


2017-yil 1-iyul holatiga ko‘ra O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 32,345 million kishini tashkil qildi. 2016-yil oxiridan buyon mamlakat aholisi soni 224,5 ming kishiga yoki 0,7 foizga ko‘paydi. Bu haqda “Gazeta.uz” O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga tayanib ma’lum qildi.

2017-yilning yanvar-iyun davrida 311,9 ming bola tug‘ilib, mos ravishda tug‘ilish koeffitsiyenti 19,5 promilleni tashkil qildi va 2016-yilning mos davriga nisbatan 6000 nafarga kamaydi.

2017-yilning yanvar-iyun oylarida 78,8 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda o‘lim koeffitsiyenti 4,9 promilleni tashkil etdi.

Ro‘yxatga olingan jami o‘lganlarning 62,1 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 8,8 foizi — o‘simtalardan, 5,4 foizi — baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 5,5 foizi — ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 5,1 foizi — nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 1,7 foizi — yuqumli va parazitar kasalliklardan, 11,4 foizi — boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Shuningdek, hisobot davrida FHDYo organlari tomonidan 96,3 mingta nikoh va 15,6 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan. Respublika bo‘yicha nikoh tuzish koeffitsiyenti 6 promilleni, nikohdan ajralish koeffitsienti esa 1 promilleni tashkil etdi.

Respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 82,5 ming kishini, ko‘chib ketganlar soni esa 91 ming kishini tashkil etdi. Migratsiya saldosi minus 8500 kishini tashkil etdi (2016-yilning shu davrida minus 12500 kishi bo‘lgan).

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (7-08-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют