» » O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi AQSh Energetika departamenti bilan radioaktiv moddalarni aniqlash bo‘yicha memorandum imzoladi

O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi AQSh Energetika departamenti bilan radioaktiv moddalarni aniqlash bo‘yicha memorandum imzoladi


AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen va O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi muovini Baxtiyor Raimov O‘zbekistonda yadro va radioaktiv moddalar noqonuniy savdosining oldini olish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik olib borish masalalarini muhokama qilish uchun uchrashdi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

Tomonlar AQSh Energetika departamenti/Milliy yadro xavfsizligi ma’muriyati va O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi o‘rtasida uzoq muddatli vazifalarni ijro etish va mamlakatda radioaktiv moddalarni aniqlash tizimini ta’minlashga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Bunday hamkorlik davlat xavfsizligini ta’minlashda mamlakat bo‘ylab radioaktiv moddalardan xoli bo‘lish va kelgusi hamkorlik asoslarini yaratishda bojxona qo‘mitasi imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

AQSh elchisi Pamela Spratlen O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasini qutlab, memorandum texnik yordam ko‘rsatibgina qolmay, AQSh Energetika departamenti/Milliy yadro xavfsizligi ma’muriyati tomonidan O‘zbekistonga muayyan rivojlanishda ko‘maklashishini va eng ilg‘or tajribalar bilan bo‘lishishini ham ta’kidladi.

“1-avgustda bo‘lib o‘tgan tadbir va memorandum imzolanishi AQSh va O‘zbekiston xavfsizlik sohasida olib borayotgan o‘zaro hamkorlikka bir misol bo‘ladi”, — deyiladi elchixona axborotida.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-08-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют