» » Uzilgan asab tolalari o‘rgimchak to‘ri yordamida tiklanadi

Uzilgan asab tolalari o‘rgimchak to‘ri yordamida tiklanadi


Tabiat tomonidan yaratilgan noyob xususiyatlarga ega materiallardan biri o‘rgimchak ipagidir. Unga o‘xshash tola yaratishga uringan olimlarni qayta-qayta ilhomlantirgan o‘rgimchak iplari g‘aroyib darajada mustahkam va elastikdir. Ulardan hatto skripka torlari, shuningdek, butun matolarni yaratishda foydalanilgan. Endi esa olimlar ular yordamida asablarni davolash mumkinligini aniqladi, deb yozadi “Nauka” nashri.

Gap shundaki, plastik va qayta tiklash jarrohligining eng murakkab sohasi — besh santimetrdan ortiq uzunlikda uzilgan asablarni biriktirish. Bunday shikastlanishlar jiddiy avariya yoki o‘smani olib tashlagandan keyin yuzaga keladi. Jarrohlar uzilgan asablarni tiklash uchun implantantlardan foydalanadi, biroq bu usul uzunligi to‘rt santimetrgacha bo‘lgan qismlarda va periferik asab tizimida ish beradi.

Izlanuvchilar jiddiyroq shikastlanishlarni davolashga yordam beruvchi usullarni doimiy ravishda qidirib kelmoqda. Vena tibbiyot universitetidan Kristin Radtke uzilgan qismlarni to‘ldirishga aynan tilla o‘rgimchakning (Tanzaniyada yashovchi) ipagi ko‘mak berishini ta’kidlaydi. Bu ipak yetarlicha mustahkam va elastik ekanligi, shuningdek, Selsiy bo‘yicha 250 darajada ham barqarorligini saqlab qolishi ma’lum qilinmoqda. Biroq bu bilan uning g‘aroyib xususiyatlari tugamaydi: tilla o‘rgimchakning ipagi o‘zining antibakterial xususiyatlari bilan ham diqqatga sazovor. Bundan tashqari, u suv o‘tkazmaydi.

Radtke venalarni ipak bilan to‘ldirish imkonini beruvchi yangi mikrojarrohlik usulini ishlab chiqdi. Keyin bu o‘rgimchak ipi asab to‘qimalarini biriktirish uchun yo‘l bo‘lib xizmat qiladi (asab to‘qimasi hujayralari ushbu “tros” bo‘ylab o‘sa boshlaydi).

Texnologiya hayvonlarda sinab ko‘rildi: u olti santimetr uzunlikkacha shikastlangan asabni “ta’mirlash”ga ko‘mak berdi. Asab to‘qimalari to‘qqiz oy davomida yana o‘sib ketgan, o‘rgimchak ipagi tolalari esa bu vaqt davomida hech qanday salbiy oqibatlarsiz organizm tomonidan tabiiy ravishda parchalab yuborilgan.

“Asab tolalari uning boshqa uchi bilan tutashish uchun ipakdan chiziq bo‘ylab o‘sish uchun foydalanadi. Ipak hujayralarga yaxshiroq ulashish imkonini beradi, hujayralar harakatini tutib turish va ularning bo‘linishiga ko‘mak beradi”, — deydi Radtke.

Tadqiqotchi asabning olti santimetrlik uzilishini “sozlash” uchun bir necha yuz metr o‘rgimchak tolasi kerak bo‘lishini ta’kidlaydi. Uning laboratoriyasida 21 ta o‘rgimchak yashaydi. Ularning tolalari haftasiga bir marta mexanik usulda yig‘iladi, bu 15 daqiqa ichida 200 metrgacha zarur material olish imkonini beradi. Olimlar o‘rgimchaklarni haftasiga bir marta “sog‘ish” mumkinligi va bu bo‘g‘imoyoqlilarga hech qanday zarar yetkazmasligini ta’kidlaydi.

Avstriyalik mutaxassislar kelajakda yangi texnologiyani odamlarda sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda. Klinik sinovlar muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda, usul nafaqat asablarni davolash, balki tizza bo‘g‘imi meniski, pay shikastlanishlari, chuqur kuyishlar va ba’zi nevrologik xastaliklardan so‘ng tiklanish uchun qo‘llanilishi mumkin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-08-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют