» » Shavkat To‘laganov Prezident davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Shavkat To‘laganov Prezident davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi


Shavkat To‘laganov O‘zbekiston Prezidenti davlat maslahatchisining ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Davlat rahbarining 7-avgustdagi farmonida aytilishicha, unga kichik sanoat zonalari va erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilgan.

Shavkat To‘laganov 1964-yilda tug‘ilgan, Toshkent politexnika instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan. Ushbu tayinlovga qadar u 2008-yildan buyon tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan (vazirlik qayta tashkil etilishiga qadar — tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vaziri o‘rinbosari).

2005—2008-yillarda iqtisodiyot vazirining Iqtisod va investitsiya dasturlarini modernizatsiyalash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 1995—2005-yillarda “O‘zavtosanoat” AK bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i, boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimlarini egallagan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-08-2017, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют