» » O‘zbekistonda yarim yil davomida xorijiy investitsiyalar hajmi 14 foizga o‘sdi

O‘zbekistonda yarim yil davomida xorijiy investitsiyalar hajmi 14 foizga o‘sdi


2017-yilning yanvar—iyun oylarida O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 13,8 foizga o‘sib, 6,556 trillion so‘mga (1,85 milliard dollar ekvivalenti) yetdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar qildi.

Xorijiy qo‘yilmalarning umumiy tuzilmasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya va kreditlar ulushi 85,5 foiz, davlat kafolati ostida jalb qilinganlari esa 14,5 foizni tashkil etdi.

Birinchi yarim yillikda xorijiy investorlar yonilg‘i-energetika sohasiga eng ko‘p sarmoya kiritdi — 67,6 foiz (2016-yilning yanvar-iyunida — 32,7 foiz). Telekommunikatsiya sohasiga esa 9,9 foiz, kimyo sanoatiga — 2,2 foiz (1,7 foiz) sarmoya jalb etildi.

Yanvar—iyun oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy miqdori 8,3 foizga o‘sib, 26,6 trillion so‘mni (7,5 milliard dollar ekvivalentida) tashkil etdi. Bunda investitsiyalar hajmining YaIMdagi hissasi 0,1 foizga o‘sdi va 25,9 foizni tashkil etdi.

2017-yilga mo‘ljallangan davlat investitsiya dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yil oxiriga qadar 199 investitsion loyiha bo‘yicha 4,505 milliard dollarlik hajmdagi xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirishi lozim. Xususan, 79 ta loyiha bo‘yicha O‘zbekiston hukumati kafolati ostida 1,854 milliard dollar o‘zlashtirilsa, 120 ta loyiha bo‘yicha 2,65 milliard dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etilishi belgilangan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-08-2017, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют