» » Belgiya qirolining ukasi xitoylik harbiylar bilan suratga tushgani uchun moddiy ta’minotdan mahrum qilinishi mumkin

Belgiya qirolining ukasi xitoylik harbiylar bilan suratga tushgani uchun moddiy ta’minotdan mahrum qilinishi mumkin


Belgiya qiroli Filippning ukasi shahzoda Loran xitoylik harbiylar bilan suratga tushgani uchun davlat hisobidan to‘lanadigan moddiy ta’minotdan mahrum qilinishi mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Iyul oyining oxirida shahzoda Bryusselda Xitoy tomonidan XXR armiyasi tashkil etilishining 90 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.

Tadbirda u xitoylik harbiylar bilan birga suratga tushdi. Bu fotosuratni u Twitter’dagi sahifasiga joyladi.

Muqaddam Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel unga chet el rasmiylari bilan uchrashishni taqiqlaganiga qaramay, Loran Xitoy vakillarining taklifini qabul qilgani e’tirozlarga sabab bo‘ldi.

Shahzoda Loranga har yili davlat hisobidan 308 ming yevro miqdorida davlat dotatsiyasi taqdim etiladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-08-2017, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют