» » Milliy kinematografiya dasturi tasdiqlandi

Milliy kinematografiya dasturi tasdiqlandi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni “O‘zbekiston 24” telekanali saytida keltirildi.

Hujjatda bugungi kun o‘zbek kinochiligining ayrim kamchiliklari aytib o‘tilgan:

“Qayd etish kerakki, kinematografiya sohasida normativ-huquqiy bazaning mukammal emasligi, kino ishlab chiqaradigan yetakchi korxonalar, jumladan ‘O‘zbekfilm’, ‘Qoraqalpoqfilm’ hamda ‘Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar’ kinostudiyalarining moddiy-texnik bazasi jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgani, kinofilmlarni moliyalashtirish tizimining bugungi kun talablariga javob bermasligi, kinoteatrlar va malakali kadrlar yetishmasligi soha rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatmokda”.

Qaror bilan milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, “O‘zbekkino” Milliy agentligi uchun davlat buyurtmasiga asosan milliy kino mahsulotlarini yaratish yillik ishlab chiqarish hajmlarining quyidagi prognoz ko‘rsatkichlari belgilandi:

2018-yilda — 20 ta, 2020 yildan boshlab – 30 tadan to‘liq metrajli badiiy filmlar ishlab chiqarish;

2018-yilda — 40 qismdan iborat 20 ta, 2019-yilda

– 50 qismdan iborat 25 ta va 2020-yildan boshlab — 60 qismdan iborat 30 ta hujjatli, ilmiy-ommabop, o‘quv-uslubiy filmlar, kinosolnomalar, kinojurnallar ishlab chiqarish;

multiplikatsion filmlarni 2018-yilda 15 ta, 2022-yildan boshlab har yili 50 tadan ishlab chiqarish;

yosh kino ijodkorlarning 10 soatdan iborat qisqa metrajli filmlari, bolalar uchun yumoristik kinojurnallar suratga olish;

davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan filmlarni jahon bozoriga chiqarish va festivallarda namoyish etish uchun chet tillarga subtitrlashtirish va dublyaj qilish;

milliy kinematografiyaning eng sara asarlarini tiklash, restavratsiya qilish va zamonaviy formatga o‘tkazish.

Milliy kinematografiya san’atini zamon talablari asosida rivojlantirish, yosh kino ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekkino” huzurida Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi.

Bundan tashqari, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi va “O‘zshaharsozlik LITI” Davlat unitar korxonasi 2018-yil 1-yanvargacha “O‘zbekkino” texnik topshirig‘i va xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini har tomonlama o‘rganish asosida komplekslarning namunaviy loyihasini ishlab chiqishi, uning maydonlarida zamonaviy kinozallarni, savdo-ko‘ngilochar obyektlarni joylashtirishni nazarda tutishi belgilandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-08-2017, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют