» » Markaziy Osiyoda ilk bor quyoshli suv isitgichlarini ishlab chiqarish Ozbekistonda yolga qoyilmoqda

Markaziy Osiyoda ilk bor quyoshli suv isitgichlarini ishlab chiqarish Ozbekistonda yolga qoyilmoqda


AQSh va Yevropa davlatlarida quyosh energiyasidan foydalangan holda suv isitish texnologiyasi uzoq vaqtdan beri qollanilmoqda. Endilikda, bu texnologiyalar Ozbekistonda ham taqdim etilmoqda. Markaziy Osiyoda ilk bor Royal savdo belgisi ostida quyoshli suv isitgichlarni keng kolamda ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Quyoshli suv isitgichlar bu quyosh energiyasi yordamida suvni isitish uchun foydalaniladigan qurilmalardir. Ayni damda resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish kun tartibining dalzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun muqobil energiyadan foydalanish togri qarordir. Ozbekistonda yilning aksariyat qismida asosan quyoshli ob-havo kuzatilishi etiborga olingan holda, quyoshli suv isitgichlarni ishlab chiqarish loyihasi mintaqa uchun juda mos keladi.

2016-yilning yakunidan boshlab Fizika-Quyosh ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi laboratoriyalarida quyoshli suv isitgichlardan foydalanish boyicha tajribalar boshlandi. Bu tajribalar Royal ilmiy markazi vakillari tashabbusi bilan quyoshli energetika sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirokida otkazildi. Tajribalarda Royal quyoshli suv isitgichlari unga oxshash import mahsulotlari bilan taqqoslandi va sinovdan otkazildi. Royal savdo belgisi Ozbekiston bozorida sifatli suv isitadigan qurilmalar ishlab chiqaruvchisi sifatida tanilgan. Royal suv isitgichlari Ozbekiston istemolchilari orasida katta talabga ega va shuning uchun quyoshli suv isitgichlarni ishlab chiqarish Royal brendi mahalliy bozordagi ornini mustahkamlashda yangi bosqichga aylanadi.

Fizika-Quyosh ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi mutaxassislari tajribalar yakunida Royal savdo belgisi ostida ishlab chiqariluvchi quyoshli suv isitgichlardan foydalanishning yuqori energosamaradorligini qayd etishdi.

Royal quyoshli suv isitgichlari ikki turga bolinadi: gorizontal va vertikal.

Gorizontal quyoshli suv isitgichlar individual qurilma bolib, bak va kollektordan iborat. Bunday turdagi isitgichlar xususiy uylar, kottejlar va dala-hovlilarga mos keladi. Ishlab chiqarishda hajmi 200 va 300 litr bolgan gorizontal quyoshli suv isitgichlarni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Bunday hajm 4 yoki 6 kishidan iborat oilaning issiq suvga bolgan ehtiyojini bemalol qondira oladi.

Vertikal quyoshli suv isitgichlarning hajmi 300 dan 1000 litrgacha bolib, aholi uylari, kop qavatli ofislar, davlat muassasalari uchun mos hisoblanadi. Vertikal suv isitgichning baki yertola kabi joylarga, kollektorlar esa binoning tomiga ornatiladi.

Kollektor bu quyosh energiyasini yiguvchi qurilmadir. Kollektor ichida misli trubkalar bolib, ular isitish elementi bilan toldirilgan. Isitish elementi quyosh nurlarini oziga olib, undan energiya hosil qiladi va bu energiya keyin bakdagi suvni isitish uchun qollaniladi.

Takidlab otish joizki, vertikal quyoshli suv isitgichlar quyosh nurlarida ham, markaziy isitish tizimida ham ishlashi mumkin. Quyoshli kunlar kamayganda vertikal quyoshli suv isitgichlar markaziy isitish tizimidan foydalangan holda ishlashi mumkin.

Royal quyoshli suv isitgichlari quyidagi afzalliklarga ega:

Energosamaradorlik

Quyoshli suv isitgichlari xonalarni isitish va issiq suv bilan taminlashda qollaniluvchi energomanbalarni tejash imkonini beradi. Royal quyoshli kollektorlarining oziga xos jihati ishlab chiqarishda ilgor texnologiyalar va energosamarador materiallardan foydalanishdir. Ular quyosh nurlarini 95 foizga qadar oziga singdirib ularni suv isitish uchun energiyaga aylantirishga qodir.

Sifat kafolati

Royal quyoshli suv isitgichlari nemis texnologiyalari boyicha ishlab chiqarilib, barcha standartlarga mosdir. Bu qator sertifikatlar, jumladan, Solarkeymark va EN 12897:2006 bilan tasdiqlangan. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida Yevropaning ekologik toza xomashyolaridan foydalaniladi.

Xavfsizlik

Royal quyoshli suv isitgichlari oqar sirkulyatsiya tizimi asosida ishlaydi. Tizim bakdagi suvning turib qolmasligini taminlaydi va bu esa ishlatilayotgan suvda bakteriyalar kopayishining oldini oladi.

Quyoshli suv isitgichlarni keng kolamda ishlab chiqarish joriy yilning sentabr oyiga moljallanmoqda, va shu oyning ozida Ozbekiston bozorida quyoshli suv isitgichlarning birinchi partiyasi sotuvini yolga qoyish ham rejalashtirilmoqda.

Reklama huquqi asosida

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (8-08-2017, 09:12)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -