» » TIV: Chet elga chiqish uchun stikerni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror loyihasi tayyor

TIV: Chet elga chiqish uchun stikerni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror loyihasi tayyor


2017-yilning 7-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov idoralararo yig‘ilish o‘tkazdi. Unda joriy yilning 5-iyul kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining vatandoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti doirasida ko‘tarilgan masalalarni yechish yuzasidan qilinayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot tinglandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti xabar berdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va boshqa davlat tuzilmalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan fuqarolarning chet elga borish ruxsatnoma yozuvi stikerini bekor qilish hamda xorijga chiqish pasportini bosqichma-bosqich joriy etishni ko‘zda tutuvchi, fuqorlikdan chiqishni rasmiylashtirish hamda xorijga kelgan fuqarolarning mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish tartibini soddalashtirish to‘g‘risidagi davlat rahbari qarorlari loyihalari hamda qonunchilikka, qonun osti hujjatlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha boshqa takliflar tayyorlangani va idoralararo kelishuv bosqichida turgani ma’lumot uchun qabul qilindi.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining mehnat migrantlarini tegishli ijtimoiy paket, jumladan zarur yashash-maishiy sharoit, munosib ish haqi darajasi va boshqa imtiyozlar bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi O‘zbekiston fuqarolarini ishga yollashni tashkillashtirish bo‘yicha yirik xorijiy hamkorlar bilan ikki tomonlama bitimlar tuzish bo‘yicha faoliyati qo‘llab-quvvatlandi.

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra Idoralararo ishchi guruhi tarkibi va uning 2017—2018-yillarga mo‘ljallangan Ish rejasi kelishildi va tasdiqlash uchun taklif qilindi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-08-2017, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют