» » Samsung Galaxy Note 8 ning birinchi marta haqiqiy suratlari paydo bo‘ldi (foto)

Samsung Galaxy Note 8 ning birinchi marta haqiqiy suratlari paydo bo‘ldi (foto)


Samsung Galaxy Note 8 taqdim etiladigan sana yaqinlashib borgani sari, ma’lumotlar yanada jadallik bilan tarqalmoqda, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Bu safar tarqalgan suratlarda bo‘lg‘usi flagman har tomondan aks etgan, shuningdek, ularda S Pen’ni ham ko‘rish mumkin.

Avval ma’lum qilinganidek, qurilmaning orqa tomonida 3 karra optik zumli qo‘sh kamera bo‘ladi. Bundan tashqari, mish-mishlarga ko‘ra, smartfonga 3300 mA/soat sig‘imli batareya o‘rnatiladi.

Old panelda 6,3 dyuymli Infinity Display ekrani bo‘lib, u Galaxy S8+ dan sal kattaroq (6,2). Ammo komplektdagi aynan S Pen Note 8 ni S8 dan chinakamiga farqlab turadi.

Stilus ko‘p ham o‘zgarmaganga o‘xshaydi, u hajmini biroz o‘zgartiradi va sezuvchanligini oshiradi.

Qurilma 23-avgust kuni taqdim etiladi va 15-sentabrdan qator mamlakatlarda sotuvga chiqadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-08-2017, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют