» » Yaponiyada Godzilla rolini o‘ynagan aktyor 88 yoshida vafot etdi

Yaponiyada Godzilla rolini o‘ynagan aktyor 88 yoshida vafot etdi


Kino tarixidagi eng ommabop mahluqlardan biri — Godzilla roli bilan tanilgan yaponiyalik aktyor Xaruo Nakadzima 88 yoshida o‘pka shamollashidan vafot etdi, deb yozadi “TASS”.

Nakadzima 1929-yilda Yamagata prefekturasida tug‘ilgan. O‘tgan asrning 50-yillari o‘rtalaridan 1972-yilgacha u Yaponiyaning Toho studiyasi bilan shartnoma doirasida ulkan kaltakesak haqidagi o‘ndan ortiq kartinalarda suratga tushdi, buning uchun uni hazil tariqasida “Mister Godzilla” laqabi bilan atay boshlashdi.

Godzilla haqidagi yapon filmlarining asosiy o‘ziga xos jihati shundaki, mahluq kompyuter grafikasi yordamisiz yaratilgan — uni maxsus libos kiygan haqiqiy aktyor o‘ynagan.

2010-yilda Nakadzima “Mahluq terisi ostidagi hayotim” nomli memuar yozib, unda suratga olish chog‘ida qanday qiyinchiliklarga uchragani haqida batafsil gapirib berdi. Libosning o‘zi salkam 40 kg og‘irlikda bo‘lib, har bitta yangi kinolentani yaratish jarayoni aktyor uchun ko‘p sonli shikastlanishlar bilan tugagan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-08-2017, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют