» » AQShda imo-ishoralar tilini o‘rgangan Chantek laqabli orangutan vafot etdi

AQShda imo-ishoralar tilini o‘rgangan Chantek laqabli orangutan vafot etdi


Imo-ishoralar tilini o‘rganib, mashhur bo‘lib ketgan Chantek laqabli orangutan AQShning Atlanta shahridagi hayvonot bog‘ida 40 yoshida vafot etdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Xabarlarga ko‘ra, u yurak xastaligidan davolanayotgan edi.

Chantek Atlantada tug‘ilgan va to‘qqiz yil Chattanugadagi Tennessi universitetida antropolog Lin Maylz bilan yashagan. U o‘z xonasini yig‘ishtirishni, qo‘lda buyumlar yasashni va asboblardan foydalanishni, shuningdek, universitetdan Dairy Queen fastfud tarmog‘igacha bo‘lgan yo‘lni o‘rganib olgan.

Bundan tashqari, Chantek orangutanlar ichida birinchilardan bo‘lib imo-ishoralar tilini o‘rganib, uning yordamida 1997-yildan buyon yashab kelgan hayvonot bog‘idagi qo‘riqchilar bilan muloqot qilgan. Maymun tortinchoqligi tufayli, imo-ishoralar tilida begona kishilar bilan so‘zlasha olmagan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-08-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют