» » “Paxtakor” — “Neftchi” o‘yinida mezbonlar 5 ta iPhone smartfonini yutuq sifatida o‘ynaydi

“Paxtakor” — “Neftchi” o‘yinida mezbonlar 5 ta iPhone smartfonini yutuq sifatida o‘ynaydi


12-avgust kuni Oliy liganing 17-turi doirasida “Paxtakor” Farg‘onaning “Neftchi” klubini qabul qiladi.

Shota Arveladze hamda Vadim Abramov jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuv 19:00 da start oladi. Bungacha Abramov boshqaruvida “Neftchi” ketma-ket 4 o‘yindan buyon g‘olib chiqa olmagan bo‘lsa, Arveladzening O‘zbekiston chempionatidagi ilk o‘yini durang bilan yakuniga yetgandi.

“Paxtakor” matbuot xizmatining xabar berishicha, “Neftchi”ga qarshi bellashuv tanaffusida muxlislar o‘rtasida “Omadli chipta” aksiyasi bo‘lib o‘tadi va unda 5 ta iPhone (7 32 GB) smartfoni yutuq sifatida o‘ynaladi.

Smartfon yutish imkoniyati uchrashuvga chipta yoki mavsumiy abonement bilan tashrif buyurgan muxlislarda bo‘ladi. Uchrashuv uchun chiptalar sektoriga qarab 10 va 20 ming so‘mdan sotiladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-08-2017, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют