» » Armanistonda tug‘ilgan besh egizakning to‘rt nafari vafot etdi

Armanistonda tug‘ilgan besh egizakning to‘rt nafari vafot etdi


Yerevanda 3-may kuni dunyoga kelgan besh egizakning yana biri “Surb Astvatsamayr” kasalxonasida vafot etdi, deb yozadi “Vesti Kavkaza”.

Shifoxonadagilar ma’lum qilishicha, qizcha 26-iyuldayoq hayotdan ko‘z yumgan.

3-may kuni Armanistonda 1990-yildan buyon birinchi marta besh egizak — to‘rt qiz va bir o‘g‘il chala holda — homiladorlikning 28-haftasida dunyoga keldi. Tug‘ilgan vaqtida chaqaloqlar 600, 820, 840, 840 va 880 gramm og‘irlikka ega edi.

6-may kuni ertalab miyasiga qon quyilib, jonlantirish bo‘limiga tushib qolgan qizcha vafot etdi. 7-may kuni ertalab esa eng kam vaznli qizaloq olamdan o‘tdi. Bolalarni jonlantirish bo‘limiga yo‘naltirilgan o‘g‘il bola esa 14-mayda nobud bo‘ldi.

Shu tariqa, faqat Rozi ismli qizcha omon qoldi. Uni kasalxonadan 12-iyul kuni chiqarib yuborishdi, chaqaloqning og‘irligi 2150 grammga yetdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-08-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют