» » Abdulaziz Komilov TIVda diplomatik missiyasi yakunlangan Latviya elchisini qabul qildi

Abdulaziz Komilov TIVda diplomatik missiyasi yakunlangan Latviya elchisini qabul qildi


2017-yilning 8-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Latviyaning favqulodda va muxtor elchisi Edgars Bondarsni qabul qildi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Suhbat davomida bo‘lajak qo‘shma tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Elchining diplomatik missiyasi yakunlanar ekan, uning O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi munosabatlarni mustakamlashga qo‘shgan konstruktiv hissasi qayd etildi.

So‘nggi 3,5 yil mobaynida O‘zbekiston—Latviya hamkorligi faol rivojlandi va mustahkamlandi. Latviya prezidenti Andris Berzinshning 2014-yil may oyida O‘zbekistonga tashrifi davomida o‘tkazilgan oliy darajadagi samarali muzokaralar ikki tomon hamkorligiga yangi turtki berdi. Shuningdek, ikki mamlakatning vazirlik va idoralari, ishbilarmon doiralari, madaniyat, ta’lim va boshqa sohalar vakillari darajasida faol uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

O‘z navbatida Edgars Bondars elchi sifatida O‘zbekistondagi faoliyati uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorchilik izhor etdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-08-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют