» » Tramp mehmonxonasida Putinning tasviri paydo bo‘ldi

Tramp mehmonxonasida Putinning tasviri paydo bo‘ldi


Nyu-Yorkdagi Trump SoHo mehmonxonasining binosida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tasviri paydo bo‘ldi. Bu haqda The Business Insider’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, tasvir mehmonxona nomining ustki qismida, devorda paydo bo‘lgan. Tasvirda Putin Rossiya bayrog‘i fonida turibdi. Uning yonida “Yordam berishdan xursandman”, degan yozuvni ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari “Pulning izidan quv”, “Pulni yuvish uchun ma’qul xizmatlar” kabi boshqa yozuvlar ham ko‘ringan.

Shu vaqtda bino oldidan harbiylar kiyimiga o‘xshash kiyimdagi kishilar Rossiya bayrog‘i bilan saf tortib o‘tgan.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, bu harakat Follow the money (“Pulning izidan quv”) nomli aksiya doirasida tashkil qilingan. Uning muallifi — jurnalist Robin Bell.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-08-2017, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют