» » TV5 Monde telekanali Samarqand va Buxoroda suratga olish ishlarini olib boradi

TV5 Monde telekanali Samarqand va Buxoroda suratga olish ishlarini olib boradi


Fransiyaning TV5 Monde telekanali tasvirga olish guruhi 7-avgustda O‘zbekistonga yetib keldi. Guruh 14-avgustgacha Samarqand va Buxoro shaharlarida tasvirga olish ishlarini amalga oshiradi. Go‘ri Amir maqbarasi, Samarqand nonlari, Siyob bozori, shuningdek, Registon maydonidagi 3D mapping tasvirga olinadi. Bu haqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning iyul oyida Brusselda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi hamkorlik Kengashining yig‘ilishida Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi va Belgiyaning Bandua Communications Unipressoal LDA kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonning milliy sayyohlik mahsulotlarini TV5 Monde telekanalida namoyish etish borasida kelishuv imzolangan.

Belgiyalik va fransiyalik tomoshabinlar oddiy o‘zbek oilasida palov tayyorlash tartibini tomosha qilish, buxorolik temirchilar va zargarlarning sirlarini kashf etish imkoniga ega bo‘ladi.

TV5 Monde — fransuz tilida dunyo bo‘ylab efirga uzatiladigan ko‘ngilochar televizion tarmoq bo‘lib, uning kunlik auditoriyasi 55 million kishini tashkil qiladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-08-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 11) ( 0) ( 9) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют