» » Isroilda Apache harbiy vertolyoti o‘quv mashg‘uloti paytida halokatga uchradi

Isroilda Apache harbiy vertolyoti o‘quv mashg‘uloti paytida halokatga uchradi


Isroilda o‘quv-mashg‘ulotlari paytida Apache harbiy vertolyoti halokatga uchradi. Noxush hodisa oqibatida bir nafar uchuvchi halok bo‘ldi, ikkinchisi esa og‘ir jarohat oldi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligiga asoslanib AP ma’lum qildi, deb xabar berdi “RBK”.

Idoraning ma’lumotlariga ko‘ra hodisa Isroil janubidagi Ramon harbiy havo kuchlarining aviabazasida sodir bo‘lgan. Vertolyot uchish-qo‘nish yo‘lagi yoniga qulab tushgan. Halok bo‘lgan uchuvchi 43 yoshli mayor David Zoxar ekanligi ma’lum qilindi. Ikkinchi uchuvchi esa shifoxonaga yetkazilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avariyaga texnik nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Tergov ishlari tugaguniga qadar Isroil Mudofaa vazirligi harbiy samolyotlarning parvozini taqiqlab qo‘ydi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-08-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют