» » Pentagon harbiy bazalar yaqinida xususiy uchuvchisiz uchish qurilmalarini urib tushirishga ruxsat berdi

Pentagon harbiy bazalar yaqinida xususiy uchuvchisiz uchish qurilmalarini urib tushirishga ruxsat berdi


Pentagon 130 dan ortiq Amerika harbiy bazalariga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan xususiy va tijorat uchuvchisiz uchish qurilmalarini urib tushirishga ruxsat berdi. Bu haqda Reuters agentligi AQSh Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Amerikalik amaldorlar harbiy baza va aeroportlar yaqiniga joylashgan xususiy uchuvchisiz uchish qurilmalarining soni ko‘payib ketganligidan jiddiy xavfsiramoqda. Joriy yilning aprel oyida xavfsizlik nuqtai nazaridan AQShdagi 133 dan ortiq harbiy obyektlardagi deyarli barcha ushuvchisiz uchish qurilmalarning parvozi taqiqlangan edi.

Dronlar ko‘ngilochar qurilmalar sifatida mashhurlikka erishgan. Qurilmalarning egalari asosan ulardan tijorat maqsadida, masalan, suratga olish ishlarida foydalanishmoqda. Amazon va Google Alphabet Inc kabi yirik kompaniyalari uchuvchisiz uchish qurilmalaridan internet orqali buyurtma qilingan tovarlarni yetkazib berishda foydalanadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-08-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют