» » OAV: Hindiston g‘arbida cho‘chqa grippi tufayli 280 dan ortiq odam vafot etdi

OAV: Hindiston g‘arbida cho‘chqa grippi tufayli 280 dan ortiq odam vafot etdi


Hindiston g‘arbidagi Maxarashtra shtatida cho‘chqa grippi bilan kasallanganlarning soni tezkorlik bilan ko‘payishi kuzatilmoqda. Yil boshidan iyun oyi o‘rtalariga qadar 2324 kishida ushbu gripp aniqlangan bo‘lsa, ularning 284 nafari vafot etgan, deb xabar berdi “TASS”.

NDTV telekanalining ma’lum qilishicha, Maxarashtra shtatida gripp tufayli halok bo‘lganlar butun Hindiston bo‘ylab ushbu kasallikdan vafot etganlarning (600 ga yaqin) deyarli 50 foizini tashkil qilmoqda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, shifokorlar asosan Mumbay shahridan xavotirda, o‘tgan yili H1N1 virusi bilan zararlangan uch nafar inson qayd etilgan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni 835 tani tashkil etmoqda. Ularning 16 nafari hayotdan ko‘z yumgan.

Kasallikka chalinganlar orasida Bollivud aktyori Amirxon va uning rafiqasi, prodyuser va rejissor Kiran Rao ham bor. Aktyor o‘z kasalligi haqida o‘tgan haftaning oxirida ma’lum qilgandi. Uning muxlislari hozirda internet orqali uning sog‘lig‘i qay ahvolda ekanligini kuzatishmoqda.

Shifokorlar Mumbay aholisini, ayniqsa, yoshi katta, homilador va surunkali kasalliklar bilan og‘riydigan odamlarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-08-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют