» » “Paxtakor” 10-avgust kuni avstraliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaydi

“Paxtakor” 10-avgust kuni avstraliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaydi


Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi 10-avgust kuni avstraliyalik yarim himoyachi Rostin Griffits bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Shu kuni klub rahbariyati va yangi futbolchi ishtirokida matbuot anjumani ham o‘tkaziladi. Qayd etish joiz, asli Angliyada tug‘ilganiga qaramay, Avstraliya fuqarosi hisoblangan Griffits “Paxtakor”da osiyolik legioner limitini to‘ldiradi.

Futbolchi allaqachon Toshkentga yetib kelgan. “Championat.asia” saytida futbolchi “Lokomotiv” — “Mash’al” (1:1) uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatayotgani aks etgan fotosuratni e’lon qilgan.

Rostin Griffits faoliyatini O‘zbekiston Oliy Ligasida davom ettirishi mumkinligi haqidagi xabarlar avvalroq Avstraliya nashrlari tomonidan tarqatilgan, biroq unda asli angliyalik futbolchi qaysi klubga ko‘chib o‘tayotganiga aniqlik kiritilmagan edi.

29 yoshli futbolchi “Paxtakor”ga o‘tguniga qadar Avstraliyaning “Pert Glori” jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan edi. O‘zbekiston klubiga o‘tish maqsadida Griffits “Glori” bilan amaldagi shartnomasini bekor qilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston klublaridan biri “Blekbern” tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma tuzish arafasida turibdi

Rostin Griffits 1988-yilning 10-mart kuni Angliyada tavallud topgan. Tayanch yarim himoyada to‘p suradigan futbolchi Angliyaning “Blekbern” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

U 3 yil davomida shu klub safida o‘ynagan, biroq Premyer-Ligada to‘p surish nasib qilmagan. Keyinroq “Gretna” (Shotlandiya), “Akkrington Stenli” (Angliya), “Adelaida Yunayted”, “Nort Kuinsland Fyuri”, “Sentral Kost Mariners” (barchasi — Avstraliya), “Guanchjou RF” (Xitoy), “Roda” (Gollandiya) kabi klublar sharafini himoya qilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-08-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют