» » O‘zbekistonlik razvedkachilar ArMI-2017 musobaqasida uchinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik razvedkachilar ArMI-2017 musobaqasida uchinchi o‘rinni egalladi


Rossiyaning Novosibirsk shahrida bo‘lib o‘tgan ArMI-2017 harbiy musobaqasi doirasidagi “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari” tanlovida O‘zbekiston vakillari kuchli uchlikdan o‘rin oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Tanlovning barcha besh bosqichida birinchi o‘rinni Rossiya vakillari egalladi. Ikkinchi o‘rinni Xitoy, uchinchi o‘rinni esa O‘zbekiston jamoalari band etdi.

8-iyul kuni razvedkachilar tanlovning oxirgi bosqichini bajardi. Uning doirasida razvedka guruhi shartli dushmanni portlatishi, suv to‘sig‘idan o‘tishi, jumladan, zirhli mashinani suv ichidan haydab o‘tish, shuningdek, razvedka ma’lumotlarini yetkazish uchun aloqa o‘rnatish singari vazifalarni bajardi.

Ilgariroq o‘zbekistonlik razvedkachilar musobaqaning eng murakkab bosqichida ham uchinchi o‘rinni egallagan edi. Bosqich “Razvedkachi so‘qmog‘i” deb ataladi. Ushbu so‘qmoqdan rossiyalik harbiylar 38 daqiqa 47 sekundda o‘tdi. Xitoy jamoasi 39 daqiqa 32 sekund natija bilan ikkinchi bo‘ldi. O‘zbekistonlik razvedkachilar xitoylik hamkasblaridan bir necha sekundgina ortda qolib, 39 daqiqa 44 sekund natijasini ko‘rsatdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-08-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют