» » Madaniyat vaziri bir vaqtning o‘zida konservatoriya rektori bo‘ladi

Madaniyat vaziri bir vaqtning o‘zida konservatoriya rektori bo‘ladi


O‘zbekiston Prezidenti “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar bermoqda.

“O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatining tanqidiy tahlili o‘tgan davr mobaynida ushbu oliy ta’lim muassasasi tomonidan akademik va milliy musiqa san’ati yo‘nalishlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, o‘quv-pedagogik va ilmiy-ijodiy ishlarni tashkil etish borasida muayyan yutuqlarga erishilganini, shu bilan birga, bir qator jiddiy kamchilik va nuqsonlarga ham yo‘l qo‘yilganini ko‘rsatmoqda”, — deyiladi hujjatda.

Tizimni yanada takomillashtirish maqsadida konservatoriya faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi, tarkibiy tuzilmasi, konservatoriya faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Dasturning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir:

o‘zbek xalqining milliy musiqiy merosi va jahon musiqa madaniyati durdonalari negizida musiqa san’atini rivojlantirish, musiqiy ta’lim tizimini sifat jihatidan yanada ko‘tarish;

aholi, birinchi navbatda yoshlarni milliy va umumbashariy musiqa san’atining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ularning madaniy saviyasini yuksaltirish, ma’naviy yetuk va barkamol shaxslarni tarbiyalash;

mulkiy yoki idoraviy mansubligidan qat’i nazar, musiqa san’ati, musiqa ta’limi yo‘nalishi uchun kadrlar tayyorlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ularni joriy etish bo‘yicha kelishuvlarda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi metodik va ijodiy jihatdan tayanch oliy ta’lim muassasasi ekanini e’tirof etish.

“Belgilab qo‘yilsinki, konservatoriyaning maqomi va nufuzini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining rektori hisoblanadi”, — deyiladi qarorning uchinchi bandida.

Uch oy muddatda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi binosida “Noyob cholg‘ular davlat kolleksiyasi”ni tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishi lozim. Bundan tashqari, 2018-yilning 1-martiga qadar O‘zbekiston davlat konservatoriyasi muassisligida musiqa san’ati ta’lim-tarbiyasi bo‘yicha “Musiqa” ilmiy-uslubiy jurnal faoliyati tashkil etiladi.

Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston bosh vaziri A.Aripov, O‘zbekiston Prezidentining davlat maslahatchilari X.Sultonov va A.Yunusxodjayev zimmasiga yuklandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-08-2017, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют