» » Saakashvili Litva fuqaroligidan bosh tortdi

Saakashvili Litva fuqaroligidan bosh tortdi


Gruziyaning sobiq prezidenti, Ukrainaning Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Vilnyusda bergan bayonotida Litva fuqaroligini olishga da’vogar emasligini, ammo bunday taklif bilan chiqqan siyosatchilardan minnatdorligini bildirib o‘tdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“Yo‘q, men Ukraina fuqaroligini qaytarishim lozim, u noqonuniy ravishda mendan tortib olindi. Ko‘p ukrainaliklar bundan g‘azablandi va, agar men kurashni davom ettirmasam, o‘zlarini yolg‘iz qolganday his qiladi”, — dedi Saakashvili, BNS agentligining Litva fuqaroligi olish masalasi haqidagi savoliga javob berarkan.

Aytilishicha, bunday taklif bilan Saakashviliga Litvadan yevrodeputat Pyatras Aushtryavichyus chiqqan.

Saakashvili ayni paytda Ukraina pasporti bilan bemalol sayohat qila olishini qayd qilib o‘tdi.

26-iyul kuni Pyotr Poroshenko maxsus farmon bilan Saakashvilini Ukraina fuqaroligidan mahrum qildi. Ukraina chegara xizmati rahbarining o‘rinbosari Vasiliy Servatyuk Saakashvili Ukraina chegarasidan o‘tishga harakat qilganidan undan mamlakat fuqaroligi pasporti tortib olinishini, uning o‘zi esa mamlakatga kiritilmasligini aytib o‘tdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-08-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют