» » Namangan shahrida “Orzu” kichik sanoat zonasi poydevoriga birinchi g‘isht qo‘yildi

Namangan shahrida “Orzu” kichik sanoat zonasi poydevoriga birinchi g‘isht qo‘yildi


Namangan shahrida “Orzu” kichik sanoat zonasi poydevoriga birinchi g‘isht qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mahalliy kengashlar deputatlari, tadbirkorlar, mehnat faxriylari, yoshlar, OAV vakillari ishtirok etdi.

Kichik sanoat zonasida dastlab to‘qimachilik, farmatsevtika, qurilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash kabi yo‘nalishlarda to‘qqiz loyiha amalga oshiriladi. 450 yangi ish o‘rni yaratiladi. O‘n gektar maydonda barpo etiladigan kichik sanoat zonasida yil oxiriga qadar jami 44 istiqbolli loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ularning har birida 50 tadan yangi ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan. Sanoat majmuasini ishga tushirish orqali aniq mashg‘ulot turiga ega bo‘lmagan, ishsiz yurgan yoshlar bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Ishtirokchilar kichik sanoat zonasida amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-08-2017, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют