» » Maldivda o‘lim jazosi tiklandi

Maldivda o‘lim jazosi tiklandi


Maldiv rasmiylari o‘lim jazosini tiklashga qaror qildi. Jazoning bu turi 60 yil muqaddam bekor qilingan edi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.

Bu borada ichki ishlar vazirligi bayonot berdi, so‘ng axborot mamlakat prezidenti Abdulla Yamin tomonidan tasdiqlandi.

Rasmiylar bu qarorni mamlakat poytaxti Maleda jinoyatchilik darajasining oshib ketgani bilan tushuntirmoqda.

Shunga qaramay, ekspertlar o‘lim jazosi birinchi navbatda muxolif faollarga qarshi qaratilgan chora deb hisoblamoqda.

“Bu diqqatni chalg‘itishga bo‘lgan urinishdir, — deb hisoblaydi Amnesty International huquqni himoya qiluvchi tashkilotining Janubiy Osiyo bo‘yicha direktori Biraj Patnaik. — Qatl singari holatlar aholining bir qismini o‘z atrofida birlashtirishga, jinoyatchilikka qarshi kurash ketayotganini ko‘rsatishga xizmat qiladi”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-08-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют