» » Argentinada Niderlandiya qirolichasining otasi vafot etdi

Argentinada Niderlandiya qirolichasining otasi vafot etdi


Niderlandiya qirolichasi Maksimaning otasi Xorxe Sorregiyeta 89 yoshida Buenos-Ayresda vafot etdi, deb yozadi “TASS” u davolangan tibbiy muassasaga tayanib.

Bayonotga ko‘ra, uning o‘limiga o‘pka infeksiyasini keltirib chiqargan limfoma sababchi bo‘lgan.

Ba’zi OAVlar xabariga ko‘ra, qirolicha Maksima otasining salomatligi yomonlashgani tufayli, 5-avgust, shanba kuni Buenos-Ayresga yetib kelgan, 8-avgust, seshanba kuni haliyam shaharda bo‘lgan. Ammo boshqa OAVlar u 6-avgust, yakshanba kuni Niderlandiyaga qaytib ketganini aytmoqda.

Argentinada diktatura hukm surgan yillarda Sorregiyeta qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va baliqchilik vaziri o‘rinbosari (1979—1981-yillar) bo‘lgan. Demokratiya qayta tiklangach, u tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan.

Niderlandiya qirolichasi Maksima 1971-yilda Buenos-Ayresda asli italiyalik va ispaniyaliklar oilasida tug‘ilgan. Iqtisodiyot sohasida o‘qib, AQSh va Yevropadagi yirik banklarda ishlagan. O‘sha paytda Niderlandiya shahzodasi bo‘lgan Villem-Aleksandr bilan u 1999-yilda Ispaniyadagi yopiq ziyofatda tanishgan. 2002-yilda ular turmush qurgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (9-08-2017, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют