» » Makkeyn Trampga harakat qilishga tayyor bo‘lmasdan turib, KXDRga tahdid qilmaslikni maslahat berdi

Makkeyn Trampga harakat qilishga tayyor bo‘lmasdan turib, KXDRga tahdid qilmaslikni maslahat berdi


Amerikalik senator Jon Makkeyn AQSh prezidenti Donald Tramp harakat qilishga tayyor bo‘lmasa, Shimoliy Koreyaga tahdid qilishi kerak emasligini aytdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “aytayotgan narsangni amalga oshira olishingga ishonching komil bo‘lishi kerak”.

“Men ko‘rgan buyuk yetakchilar harakat qilishga tayyor bo‘lmasa, tahdid qilmaydi, men esa prezident Tramp harakat qilishga tayyorligiga ishonchim komil emas”, — dedi Makkeyn.

Shuningdek, u Trampning KXDRga qaratilgan tahdidi “jiddiy” bo‘lgan-bo‘lmaganini bilmasligini aytdi.

Shu bilan birga, Makkeyn KXDR yetakchisi Kim Chen In haqiqatan ham urushga tayyor deb hisoblamaydi.

“Pxenyandagi yetakchi aqldan ozgan deb o‘ylayman, ammo u chegaradan chiqishga tayyor emas”, — dedi senator.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-08-2017, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют