» » Isroil raketa yog‘dirilishiga javoban, G‘azo sektoriga aviazarba berdi

Isroil raketa yog‘dirilishiga javoban, G‘azo sektoriga aviazarba berdi


Isroil harbiy-havo kuchlari yahudiy davlati hududi Falastinning HAMAS harakati jangarilari tomonidan raketa bilan o‘qqa tutilgach, 8-avgustdan 9-avgustga o‘tar kechasi G‘azo sektoriga javob zarbasini berdi, deb yozadi “TASS”.

“Javob harakatlari sifatida Isroil Mudofaa armiyasi harbiy-havo kuchlari HAMASning G‘azo sektori shimolidagi ikkita tayanch punktiga hujum qildi”, — deyiladi mamlakat qurolli kuchlari tarqatgan xabarda. Qurbonlar yoki vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo‘q.

Nashr eslatishicha, 8-avgust, seshanba kuni kechqurun Isroil janubi-g‘arbidagi Ashkelon shahri raketa yomg‘iri ostida qoldi. G‘azo sektoridan uchirilgan raketa shahar yaqiniga tushdi, hech kim jabrlanmadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-08-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют