» » NATO Putin Abxaziyaga Tbilisi bilan kelishmasdan turib tashrif buyurganidan afsusda

NATO Putin Abxaziyaga Tbilisi bilan kelishmasdan turib tashrif buyurganidan afsusda


NATO Rossiya prezidenti Vladimir Putin Abxaziyaga Gruziya hukumati bilan kelishmagan holda tashrif buyurgani uchun afsusda va ushbu safar mintaqadagi nizoni tartibga solish bo‘yicha xalqaro urinishlarga putur yetkazadi, deb hisoblaydi. Bunday fikrni alyans vakili vazifasini boshqaruvchi Dilan Uayt bildirib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.

“Prezident Putinning harbiy nizoga to‘qqiz yil to‘lishi munosabati bilan Gruziyaning Abxaziya hududiga tashrifi mintaqada muzokaralar yo‘li bilan tinchlikka erishish bo‘yicha xalqaro urinishlarni yo‘qqa chiqaradi. Ushbu safar Gruziya hukumati bilan oldindan kelishmagan holda amalga oshirilganidan afsusdamiz”, — dedi u.

“NATO Gruziyani uning xalqaro tan olingan chegaralarida suvereniteti va hududiy daxlsizligini qo‘llab-quvvatlash borasida birdam. Biz Abxaziya va Janubiy Osetiya maqomlarini Gruziya regionlari sifatida o‘zgartirishga urinishlarni hech qachon tan olmaymiz”, — deya ma’lum qildi u.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-08-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют