» » AQSh strategik bombardimonchilari Janubiy Koreyadagi manyovrlarda qatnashdi

AQSh strategik bombardimonchilari Janubiy Koreyadagi manyovrlarda qatnashdi


AQSh harbiy-havo kuchlarining ikkita B-1B Lancer strategik bombardimonchilari shu hafta Koreya yarim oroli osmonidagi manyovrlarda qatnashdi, deb yozadi “TASS” Koreya Respublikasi milliy mudofaa vazirligiga tayanib.

“Samolyotlar vaqtinchalik Amerikaning Guam orolidagi aviabazasidan ko‘chirib o‘tkazildi. Harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi haqida oldindan e’lon qilinmadi”, — deyiladi mudofaa vazirligining qisqa press-relizida.

Avvalroq Koreya xalq armiyasi AQShning Tinch okeanidagi Guam orolida joylashgan harbiy obyektlariga, shu jumladan, B-52 strategik bombardimonchilari joylashgan Andersen aviabazasiga  preventiv raketa zarbasini berish rejasini ishlab chiqayotgani xabar qilingan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-08-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют