» » Andijonda o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida 9 nafar chet el fuqarosi O‘zbekistondan chiqarib yuborildi

Andijonda o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida 9 nafar chet el fuqarosi O‘zbekistondan chiqarib yuborildi


O‘zbekiston Mustaqilligining 26 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davomida huquqbuzarlikning oldini olish va fuqarolar tomonidan pasport-viza qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha Andijon viloyatida “Tozalash-Antiterror” tadbiri o‘tkazilmoqda. Bu haqda Andijon viloyati IIB xabar berdi.

O‘tkazilgan tekshiruvlar davomida 4052 ta ma’muriy huquqbuzarlik aniqlandi. Shulardan, 1512 tasi “Pasport-viza” tartiblariga oid huquqbuzarliklarni tashkil qildi. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan 9 nafar shaxs ma’muriy tartibda qamoqqa olindi.

O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzgan 9 nafar chet el fuqarosi belgilangan tartibda respublika hududidan chiqarib yuborildi.

Huquqbuzarlik sodir etganligi yoki o‘zini shubhali tutganligi uchun 8164 nafar shaxs IIB va Tayanch punktlariga keltirilib, ular bilan “Saralash guruhlari” tomonidan tezkor profilaktik suhbatlar olib borildi.

Turli sabablarga ko‘ra, ichki ishlar idoralariga keltirilgan 3510 nafar shaxsdan barmoq izlari va foto suratlari olinib, viloyat IIB EKB bazasiga kiritildi.

Tadbir davomida davolanishga muhtoj bo‘lgan jami 73 nafar shaxs majburiy tartibda davolanishi uchun sog‘liqni saqlash muassasalariga joylashtirildi. Jumladan, ichkilikka ruju qo‘ygan 56 nafar, giyohvandlik kasaliga mubtalo bo‘lgan 4 nafar, ijtimoiy xavfli ruhiy kasal bo‘lgan 13 nafar shaxs.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-08-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют