» » Yoshlar ittifoqi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi o‘rtasida anglashuv memorandumini imzolandi

Yoshlar ittifoqi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi o‘rtasida anglashuv memorandumini imzolandi


8-avgust kuni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Oybek Abdushukurov har ikki tashkilot o‘rtasida anglashuv memorandumini imzoladi. Bu haqda Kinematografiyani rivojlantirish markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Memorandumga ko‘ra har ikki tashkilot hamkorligida “Yosh kinoijodkorlar uyushmasi” nodavlat notijorat tashkiloti ta’sis etiladi va kelajakda Uyushmaga birlashgan yoshlar ishtirokida ijtimoiy ahamiyatga molik kinoloyihalar amalga oshiriladi. Shuningdek, memorandumda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi qoshida “Yoshlar press klubi”ni tashkil etish ham belgilangan bo‘lib, bu orqali yoshlar muammolari va ularning yechimiga bag‘ishlangan turli shakl va janrlarda ko‘rsatuv va teledebatlar tayyorlash nazarda tutilgan.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining raisi Qahramon Quronboyev, Kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Oybek Abdushukurov hamda O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bugungi kunda O‘zbekiston yoshlariga, jumladan, ijodkor yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar, davlat miqyosidagi e’tibor haqida gapirib, yosh ijodkorlarni yanada faollikka, badiiy saviyasi yuqori asarlar yaratishga chaqirdilar.

 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-08-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют