» » Sharp Aquos S2: iPhone 8’ning hoshiyasiz raqibi rasman taqdim etildi (foto+video)

Sharp Aquos S2: iPhone 8’ning hoshiyasiz raqibi rasman taqdim etildi (foto+video)


Sharp kompaniyasi Pekinda o‘zining yangi Aquos S2 flagmanini taqdim etdi. Ushbu flagmanning asosiy jihati — ekranining noodatiy shaklida, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru”.

Qurilmaning ekrani deyarli butun old yuza qismini (frontal kamera o‘rnidan tashqari) egallaydi. PhoneArenaning ma’lum qilishicha, ishlab chiqaruvchilar frontal kameraning o‘lchamini 12 foizga kichraytirgan.

Sharp Aquos S2 juda kichkina barmoq izi skaneri bilan ta’minlangan, uning eni 3,6 millimetr. Barmoq izi skaneri displeyning pastki qismiga joylashtiriladi degan mish-mishlar o‘zini oqlamadi.

Qurilmaning orqa paneli 9 qatlamli kauchuk plastigidan, hoshiyasi esa metalldan ishlangan. Bu kabi yuza tirnalishlarga bardoshli bo‘ladi. Smartfon qora, oq, havorang va ko‘k ranglarda ishlab chiqariladi.

Qurilma 14-avgustdan boshlab sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Uning narxi xotira va versiyalaridan kelib chiqib 370—420 dollar atrofida bo‘ladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (9-08-2017, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют