» » AQShda kantri-qo‘shiqchi Glen Kempbell 81 yoshida vafot etdi

AQShda kantri-qo‘shiqchi Glen Kempbell 81 yoshida vafot etdi


Aktyor, qo‘shiqchi va musiqachi Glen Kempbell 8-avgust, seshanba kuni 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda qo‘shiqchining rasmiy saytiga joylashtirigan xabarga asoslanib, “TASS” xabar berdi.

“Og‘ir qayg‘u bilan shuni ma’lum qilamizki, ajoyib turmush o‘rtoq, ota, bobo va afsonaviy qo‘shiqchi hamda gitarachi Glen Trevis Kempbell Alsgeymer kasalligi bilan uzoq va mardonavor kurashdan so‘ng, 81 yoshida vafot etdi”, — deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, qo‘shiqchi Tennesi shtatidagi Neshvill shahri shifoxonasida olamdan o‘tgan.

Yarim asrlik ijodi davomida Kempbell 70 dan ortiq albom chiqargan bo‘lib, ularning umumiy tiraji 40 million nusxadan ortadi. Bir necha bor Grammy mukofotini qo‘lga kiritgan. 2005-yilda uning ismi Neshvillning kantri-musiqa shuhratlar zali ro‘yxatiga kiritilgan.

Kempbell 1936-yilda Arkanzas shtatida tug‘ilgan. U o‘z ijod faoliyatini Frenk Sinatra, Elvis Presli kabi qo‘shiqchilar, shuningdek, The Beach Boys musiqiy guruhida gitarachi sifatida boshlagan. 1960-yilda yakkaxon ijod qilishga o‘tgan. 1977-yilda unga Gentle on My Mind hamda By the Time I Get to Phoenix qo‘shiqlari uchun bir vaqtning o‘zida ikkita yo‘nalish bo‘yicha Grammy mukofoti topshirilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-08-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют