» » Aktam Haitov Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga rahbar etib tayinlandi

Aktam Haitov Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga rahbar etib tayinlandi


Aktam Haitov O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik ma’lumotiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Aktam Haitov (1974-yilda tug‘ilgan) — Samarqand kooperativ instituti bitiruvchisi (1994-yil).

2016-yil oktabridan u O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart”) bosh direktori, unga qadar — 2014-yil sentabridan — “Biokimyo” AJning iqtisodiyot va rejalashtirish bo‘yicha direktori bo‘lgan.

2010-yil martidan 2014-yil iyuliga qadar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan (unga qadar vazir vazifasini bajaruvchi).

Eslatib o‘tamiz, avvalgi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Aziz Abduhakimov 7-avgust kuni Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

“O‘zstandrat” agentligiga esa Abduhamid Karimov (1971-yilda tug‘ilgan, Kimyo texnologiyalari instituti bitiruvchisi) bosh direktor etib tayinlandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-08-2017, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют